Jeymi Vardi Shotlandiya klubiga o'tishi mumkin
Фото: Getty Images
"Lester"ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardi faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko'ra, u sobiq ustoz Bredan Rojers boshqaruvidagi "Seltik"da to'p tepishni xohlamoqda. Vardi 2019-2023 yillarda Rojers bilan "Lester"da birga ishlagan.
Shuningdek, 38 yoshli forvardga "Vest Hem", "Brentford" va "Reksem" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Jeymi barcha turnirlarda 36 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 4 assistni qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist