Jeymi Vardi: \"Lester\" doimo qalbimdan chuqur joy egallaydi\",
Photo: Getty Images
"Lester" afsonasi Jeymi Vardi klubdagi 13 yillik faoliyatidan so'ng ketishini e'lon qildi. 38 yoshli futbolchi ketishini quyidagicha izohladi.
"Bu kun kelayotganidan yuragim ezilyapti, lekin bu vaqt albatta kelishini bilardim. Men bu klubda 13 yil davomida ajoyib damlarga guvoh bo'ldim. Muhimi, ko'plab yutuqlar va ba'zi qiyinchiliklarni boshdan kechirdim, ammo asosan hammasi yuksalishdan iborat bo'ldi. Shuni ishonch bilan aytaman-ki, "Lester" doimo qalbimdan chuqur joy egallaydi", - deya Vardining so'zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist