Jeyk Pol Entoni Joshuaga magʻlub boʻlgach WBA reytingidan olib tashlandi
Toʻqnashuvda amerikalik blogger nokautga uchragandi.
FOTO: Getty Images
Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) og‘ir vazn toifasi reytingidan amerikalik bloger Jeyk Polni olib tashladi.
Dekabr oyida Pol britaniyalik Entoni Joshua tomonidan oltinchi raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Uchrashuvdan so‘ng Pol ikki joydan sinib ketgan jag‘ suyagini ko‘rsatgan rentgen suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.
Jeyk Pol birinchi marta WBAning top-15 reytingiga 2025 yil iyun oyida kirgan, Xulio Sezar Chaves-Junior ustidan g‘alaba qozongach, 14-o‘rinni egallagandi. Noyabr oyida u 15-o‘ringa tushib qolgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist