Jessi Marsh Kanada terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
Kanada milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Shimoliy Amerika jamoasi bilan amaldagi shartnomasini 2030 yilga qadar uzaytirdi.
«Ilk kundan boshoq bu jamoa, bu mamlakat va uning rivojlanish yo‘li bilan o‘rtamizda chuqur bog‘liqlikni his qildim. Ushbu futbolchilar avlodi bilan Kanadaning salohiyati juda yuqoriligiga ishonaman. Uzoq muddatli majburiyatni zimmamga olganimdan hamda jamoani eng yuqori cho‘qqilarga olib chiqishda davom etishimdan xursandman», — deya Marshning so‘zlarini keltirmoqda Kanada futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.
Jessi Marsh Kanada terma jamoasini 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Mutaxassis muqaddam Germaniyaning «RB Leypsig» hamda Angliyaning «Lids Yunayted» klublaridagi faoliyati orqali ham futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish hisoblanadi. Uning qo‘l ostida kanadaliklar o‘yin uslubi jihatidan sezilarli darajada o‘sishga erishdi va qit’ada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
E’tiborli jihati, ushbu kelishuv kelgusi oyda start oladigan Jahon chempionati arafasida amalga oshirildi. Bir oydan kamroq vaqt ichida «zarang barglilari» bo‘lajak mundialning «B» guruhida Bosniya va Gersegovina, Qatar hamda Shveysariya terma jamoalariga qarshi guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushishadi. Yangi uzoq muddatli shartnoma murabbiy va jamoaga bo‘lajak chempionat oldidan qo‘shimcha ishonch bag‘ishlashi shubhasiz.