locale OZ

Jervonta Devis garov evaziga ozodlikka chiqarildi

Amerikalik bokschi bir nechta ogʻir ayblovlar bilan qoʻlga olingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jervonta Devis garov evaziga ozodlikka chiqarildi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni (ta’tildagi), amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jervonta Devis garov evaziga ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning advokati Saymon Stekel ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bokschi oilaviy zo‘ravonlik, qonunga xilof ravishda erkinlikdan mahrum qilish va odam o‘g‘irlashga urinish kabi og‘ir ayblar bilan qo‘lga olingan edi. Devis Mayami-Deyd okrugi sudyasi huzurida ko‘rsatma bergach, 16 ming dollar miqdoridagi garov puli evaziga qo‘yib yuborildi.

Sportchining himoyachisi bu ishda kutilmagan burilish bo‘lishiga shama qilmoqda:

«Aslida Jervonta Devisning o‘zi bu vaziyatda jabrlanuvchi hisoblanadi. Men sudda barchani hayratda qoldiradigan haqiqatni isbotlashni intiqlik bilan kutyapman. Ushbu ishda sodir bo‘lgan voqealar dastlabki ayblovlardan ancha chuqurroq va u yerdagi jinoyat darajasi shundayki, ayblar olib tashlanganidan keyin ham bu haqda hali uzoq vaqt gapirishadi», — deya Stekelning so‘zlarini keltirmoqda Associated Press.

So‘nggi yillarda ringdan ko‘ra ko‘proq politsiya mahkamalarida ko‘rinish berayotgan Devisning faoliyati ushbu sud jarayonidan so‘ng qanday yo‘nalish olishi hozircha savol ostida qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting