Jerrard: «Mavsum boshlanishidan avval «Arsenal» yana chempion bo‘ladi deb o‘ylagandim»
«Manchester Siti» olti turdan keyin 18 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Фото: Getty Images
«Liverpul» va Angliya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard ushbu mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogarni aytdi.
«Mavsum boshlanishidan avval «Arsenal» yana chempion bo‘ladi deb o‘ylagandim. Lekin hozir «Manchester Siti»ga pul tikkan bo‘lardim.
«Liverpul»ga qarshi o‘yinni ko‘rishning o‘zi yetarli. Ular juda kuchli. Zaxira o‘rindig‘iga ham bir qarang», — dedi Jerrard.
Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Siti» olti turdan keyin 18 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Arsenal» esa 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar o‘tgan mavsumda 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.