Jerrard «Liverpul»ni boshqarishga tayyor
Shuningdek, u "Reynjers" va "Aston Villa" klublarini boshqargan.
ФОТО: Getty images
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jan-Pol Siberra xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Arne Slotni iste’foga chiqarsa, Jerrardni joriy mavsum oxirigacha jamoa murabbiyligiga tayinlash variantini ko‘rib chiqishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Jerrard 1998-2015 yillar davomida "Liverpul" sharafini himoya qilgan. Uning murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubi edi. Shuningdek, u "Reynjers" va "Aston Villa" klublarini boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist