Jerrard – «Liverpul» tarixidagi eng yaxshi futbolchi
Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
ФОТО: Getty images
Afsonaviy ingliz yarim himoyachisi Stiven Jerrard “Liverpul” klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jerrard statistika tahlili hamda “Liverpul” afsonalarining ovozlari berilgandan so‘ng eng yaxshi deb e’tirof etildi. Shuningdek, 1,3 milliondan ortiq muxlis ham unga ovoz bergan.
Stiven mersisaydliklar jamoasi tarkibida 1998 yildan 2015 yilgacha to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist