Jekson — «Bavariya» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images
“Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar ijara bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, myunxenliklar hujumchini sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
O‘z navbatida Jekson allaqachon yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Biroq bu bir yildan so‘ng hal qilinadi.
Qayd etilishicha, “Bavariya” klubi 24 yoshli senegallik forvardning ijarasi uchun London klubiga 16,5 million yevro to‘laydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist