Jek Grealish A Seriyaga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images
"Napoli" "Manchester City"ning chap qanot himoyachisi Jek Grealishni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, italiyaliklar 29 yoshli futbolchining "City"dagi kelajagi bilan bog‘liq noaniqlikdan unumli foydalanib qolmoqchi. Yozgi transfer oynasida uning imzosini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Grealish bu mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Napoli” uni yanvarda “PSJ”ga o‘tgan Xvicha Kvaratskeliya o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.