JCh-2026. O'zbekiston o'rin olgan guruhdagi yakuniy vaziyat bilan tanishing!
FOTO: UzbekistanFA
Futbol bo'yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining Osiyo qit'asidagi 3-saralash bosqichi o'z yakuniga yetdi. Jamoalar jami 10 tur davomida o'zaro bahs olib bordi.
“A” guruhidan joy olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yakunda 21 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egalladi va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Eron terma jamoasi so'nggi turda KXDR'ni 3:0 hisobida mag'lub etib, saralashni birinchi o'rinda yakunladi (23 ochko). Kuchli uchlikni esa BAA 15 ochko bilan yakunlab berdi.
3-saralash bosqichi yakuniga ko'ra “A” guruhidagi holat:

Nasrullo Karimov
Jurnalist