locale OZ

JCH-2026. Osiyoda qaysi jamoalar 4-saralash bosqichiga yoʻllanma oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Osiyoda qaysi jamoalar 4-saralash bosqichiga yoʻllanma oldi
Photo: Getty Images

Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun 3-saralash bosqichi yakunlandi.

Unga koʻra, “A” guruhida Eron, Oʻzbekiston, “B” guruhidan Janubiy Koreya, Iordaniya, “C” guruhidan esa Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari JCH-2026ga toʻg'ridan to'g'ri yoʻllanma oldi.

Shuningdek, guruhlarda 3 va 4-oʻrin sohiblari esa 4-saralash bosqichiga yoʻllanma olishib, JCHning navbatdagi yoʻllanmalari uchun kurashadi.

Xususan, BAA, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon va Indoneziya keyingi bosqich masalasiga ega boʻlishdi. Endilikda bu terma jamoalar mundial yoʻllanmasiga ega boʻlish maqsadida oʻzaro bellashishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting