JCH–2026 g‘olibi qancha pul ishlab oldi?
FIFA JCH–2026 uchun jami 871 million dollar ajratdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya Argentina ustidan finalda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Chempionlik bilan birga Ispaniya futbol federatsiyasi ham katta miqdordagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi. FIFA tomonidan tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, JCH–2026 g‘olibi 50 million AQSh dollari miqdoridagi mukofotga ega bo‘ldi.
Bu mablag‘ 2022 yil Qatardagi jahon chempionati g‘olibi Argentina olgan 42 million dollardan 8 million dollarga ko‘proqdir. Shu tariqa, JCH–2026 tarixdagi eng katta chempionlik mukofotiga ega mundial bo‘ldi.
Ispaniya (1-o‘rin) — 50 million dollar
Argentina (2-o‘rin) — 33 million dollar
Angliya (3-o‘rin) — 29 million dollar
Fransiya (4-o‘rin) — 27 million dollar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist