JCh yana qishda oʻtkazilishi mumkin
Jahon chempionati ilk bor 2022-yilda Qatarda qish faslida oʻtkazilgan.
Фото: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan 2034-yilgi Jahon chempionatini 2035-yil qishiga koʻchirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistonida yoz oylarida havo harorati juda yuqori boʻlishi sababli musobaqani anʼanaviy yozgi muddatda oʻtkazish qiyin. Shuningdek, 2034-yilning noyabr va dekabr oylariga toʻgʻri kelishi kutilayotgan Ramazon oyi ham taqvimni belgilashda muhim omil hisoblanadi.
Shu sababli, Jahon chempionatini 2034-yilning oxirida yoki 2035-yil boshida oʻtkazish varianti muhokama qilinmoqda. Biroq musobaqaning aniq sanasi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati ilk bor 2022-yilda Qatarda qish faslida oʻtkazilgan.