JCH U-20. Finalchilar ma'lum
Shu tariqa 20 oktabr kungi finalda Marokash va Argentina chempionlik uchun maydonga tushishadi.
ФОТО: Getty images
Chilida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida finalchilar aniqlandi.
Yarim finalda Marokash Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Lotin Amerikasi derbisida Argentina Kolumbiya ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi. Natijada argentinaliklar ham turnirning ikkinchi finalchisiga aylandi.
Shu tariqa 20 oktabr kungi finalda Marokash va Argentina chempionlik uchun maydonga tushishadi.
Ma'lumot uchun, musobaqaning amaldagi g'olibi Urugvay hisoblanadi. 2023 yilda ular Italiyaning mag'lubiyatini 1:0 hisobida ta'minlagandi.
JCH U-20. Yarimfinal. 16 oktabr
Argentina — Kolumbiya 1:0
Gol: Silvetti (72).
Marokash — Fransiya 1:1
Penaltilar seriyasi — 5:4.
Gollar: Olmeta (32, avtogol) — Mishel (59).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist