JCH U-17. Braziliya - Fransiya o‘yini o‘zbekistonlik hakamlarga topshirildi
O‘yin 18-noyabr sanasiga belgilangan.
Фото: ЎФА
U-17 jahon chempionatining chorak final bosqichi doirasida, 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Braziliya — Fransiya jamoalari ishtirokidagi o‘yin o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston hakamlar markazi xabar berdi.
Lutfullinga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov yordam beradi.
18-noyabr, Braziliya — Fransiya uchrashuvida:
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist