JCh saralashi. Polsha mehmonda Litvani mag'lubiyatga uchratdi
O'yindagi gollarga Shimanskiy hamda Levandovskilar mualliflik qilishdi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati saralash bosqichi Yevropa qit'asi G guruhi 8-turidan o'rin olgan Litva hamda Polsha milliy jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Polsha mehmonda 0:2 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi. Dastlab Shimanskiy 15-daqiqada o'yindagi hisobni ochdi. 64-daqiqaga kelib Levandovski mehmonlarni 2 ta to'p farqi bilan oldinga chiqib olishini ta'minladi. Uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.
G guruhi. 8-tur
Litva — Polsha 0:2
Gollar: Shimanskiy (15), Levandovski (64).
Ibrohim Jalolov
Redaktor