locale OZ

JCH saralashi. Niderlandiya o‘z maydonida Polshani yenga olmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH saralashi. Niderlandiya o‘z maydonida Polshani yenga olmadi
ФОТО: Getty images

Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 5-turi bahslari davom etdi.

Niderlandiya milliy terma jamoasi Rotterdam shahrida Polshani qabul qildi.

Bellashuv 1:1 hisobidagi natija bilan yakunlandi. 28-daqiqada Denzel Dumfris hisobni ochdi. 80-daqiqada Metti Kesh hisobni tenglashtirdi.

Bu o‘yindan so‘ng Niderlandiya G guruhida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Polsha ham shuncha ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda Ronald Kuman shogirdlari 7 sentyabr kuni safarda Litvaga qarshi o‘ynaydi. Polsha esa Finlandiya bilan to‘qnash keladi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. 5-tur
Niderlandiya – Polsha 1:1
Gollar: Denzel Dumfris 28 – Metti Kesh 80

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting