JCh. Saralash. Italiya mehmonda Estoniyani mag'lubiyatga uchratib muhim g'alabani qo'lga kiritdi
Jahon chempionati saralash bosqichi Yevropa qit'asi doirasidagi Estoniya hamda Italiya milliy jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Gattuzo shogirtlari 1:3 hisobida mezbonlarni mag'lubiyatga uchratish orqali muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritishdi. Gollarga Kin, Rategi, Espozito hamda Sappinenlar mualliflik qilishdi.
Jahon Chempionati. Saralash.
Estoniya — Italiya 1:3
Gollar: Sappinen (76) — Kin (4), Retegi (38), Espozito (74).
Estoniya — Heyn, Peyetson, Pakotsi, Kusk (Mes, 62), Salitse (Sinyavskiy, 46), Palumayets (Larsen, 46), Soomets, Kayt, Sheyn, Saarma, Tamm (Sappinen, 62).
Italiya — Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Kalafiori, Orsolini (Kombiyaso, 62), Barella (Frattezi, 77), Tonali, Dimarko, Kin (Espozito, 15), Raspadori (Spinatssola, 62), Retegi (Kristante, 77).