Jch saralash bosqichi. Daniya Gretsiyani ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi
3daqiqaga kelib Solis mehmonlarning yagona golini kiritdi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati saralash bosqichi Yevropa qit'asi C guruhi 4-turidan o'rin olgan Daniya hamda Gretsiya milliy jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Daniya 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi. Dastlab Hoylund 21-daqiqada o'yindagi hisobni ochdi. 40-daqiqaga kelib Anderson mezbonlarni 2 ta to'p farqi bilan oldinga chiqib olishini ta'minlagan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tib Damsgor Daniyani yirik hisobdagi g'alabasini ta'minladi. 63daqiqaga kelib Solis mehmonlarning yagona golini kiritdi.
JCH-2026 saralashi. 12 oktyabr
S guruhi. 4-tur
Daniya — Gretsiya 3:1
Gollar: Hoylund (21), Andersen (40), Damsgor (41) — Solis (63).
Ibrohim Jalolov
Redaktor