locale OZ

JCh-2026ga bormasligi aniq boʻlgan Angliyalik futbolchidan iborat ramziy jamoa tuzildi

Roʻyxatdan bir qator top-klublarning yulduzlari oʻrin olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026ga bormasligi aniq boʻlgan Angliyalik futbolchidan iborat ramziy jamoa tuzildi
FOTO: Getty Images

talkSPORT nashri JCh-2026 mundialiga taklif etilmagan Angliya terma jamoasi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani eʼlon qildi. Ushbu roʻyxatdan bir qator top-klublarning yulduzlari joy olgan:

Darvazabon: Nik Poup («Nyukasl»).

Himoyachilar: Lyuis Xoll («Nyukasl»), Livay Koluill («Chelsi»), Harri Maguayr («Manchester Yunayted»), Trent Aleksander-Arnold («Real Madrid»).

Yarimhimoyachilar: Adam Uorton («Kristal Pelas»), Koul Palmer («Chelsi»), Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest»).

Hujumchilar: Fil Foden («Manchester Siti»), Jarrod Bouen («Vest Hem»), Dominik Kalvert-Lyuin («Lids Yunayted»).

Maʼlumot uchun, Angliya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida «L» guruhidan joy olgan boʻlib, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting