locale OZ

JCh-2026. Xorvatiya Farer orollarini mag'lub etib, JCh-2026 yo'llanmasiga ega chiqdi

Modrich navbatdagi mundialda ishtirok etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Xorvatiya Farer orollarini mag'lub etib, JCh-2026 yo'llanmasiga ega chiqdi
ФОТО: Getty images

Jahon chempionatining navbatdagi ishtirokchisi aniq bo'ldi.

Xorvatiya terma jamoasi o'z maydonida JCh-2026 saralash guruh bosqichi doirasida Farer orollarini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Mezbonlardan Yoshko Gvardiol, Petar Musa va Nikola Vlashich gol urdi. Mehmonlar safida Geza David Turi o'z nomini tabloya yozdirib qo'ydi.

Natijada "L" guruhida Xorvatiya 7 o'yindan so'ng 19 ochko to'pladi va bir tur qolganida JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

L guruhi
Xorvatiya — Farer orollari 3:1
Gollar: Gvardiol 23, Musa 57, Vlashich 70 – Turi 16

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting