locale OZ

JCH-2026 uchun qur'a tashlash sanasi va manzili ma'lum qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 uchun qur'a tashlash sanasi va manzili ma'lum qilindi
Фото: Getty Images

2026 yilgi Jahon chempionati uchun qur'a tashlash marosimi joriy yilning 5-dekabr kuni AQShning Vashington shahrida joylashgan Kennedi markazida bo'lib o'tadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino bu jarayonni turnirning eng muhim bosqichlaridan biri sifatida baholab, AQSh poytaxti futbol ishqibozlari uchun katta bayramga aylanishini ta'kidladi. "Jahon chempionati tarixidagi eng uzoq kutilgan qur'a marosimini AQShning madaniy yuragi bo'lgan Kennedi markazida o'tkazishdan mamnunmiz", dedi u.

Hozircha mezbon davlatlardan tashqari yana 10 terma jamoa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan: O‘zbekiston, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Koreya Respublikasi va Yangi Zelandiya.

Jami 48 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada qur'a kuni bo'lgunga qadar 42 jamoa nomi aniqlanadi. Qolgan 6 yo'llanma esa 2026 yil mart oyida o'tkaziladigan pley-off bahslari orqali belgilanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting