locale OZ

JCh-2026 to‘purarlar poygasida Messi yetakchilik qilmoqda

Norvegiya hujumchisi Erling Holand, Braziliya vingeri Vinisius Junior, shuningdek Fransiya terma jamoasi vakillari Kilian Mbappe va Usmon Dembele 4 tadan gol bilan ta’qibchilar qatorida turibdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
JCh-2026 to‘purarlar poygasida Messi yetakchilik qilmoqda
Foto: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionatida to‘purarlar poygasi tobora qizg‘in tus olmoqda. 28-iyun holatiga ko‘ra, Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 6 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Messi guruh bosqichidagi samarali o‘yinlari orqali yana bir bor mundialdagi yetakchi futbolchilardan biri ekanini ko‘rsatdi. Uning gollari Argentina uchun nafaqat natija, balki pley-off bosqichiga ishonch bilan kirib borish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

To‘purarlar jadvalida Messidan keyingi o‘rinlarda bir nechta yulduz futbolchilar bormoqda. Norvegiya hujumchisi Erling Holand, Braziliya vingeri Vinisius Junior, shuningdek Fransiya terma jamoasi vakillari Kilian Mbappe va Usmon Dembele 4 tadan gol bilan ta’qibchilar qatorida turibdi.

Bu holat pley-off bosqichida to‘purarlar poygasi yanada keskinlashishini anglatadi. Chunki Holand, Vinisius, Mbappe va Dembele kabi futbolchilar o‘z terma jamoalari safida keyingi bosqichlarda ham gol urish imkoniyatiga ega.

JCh-2026 11-iyun kuni start olgan va 19-iyul kuni yakunlanadi. Turnir AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa Messi yetakchiligida yana yuqori natija uchun kurashni davom ettirmoqda.

Hozircha “Oltin butsa” uchun kurashda asosiy ustunlik Messi tomonida. Ammo pley-off o‘yinlari boshlangani sababli har bir gol to‘purarlar poygasidagi vaziyatni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting