JCh-2026 saralashining hal qiluvchi juftliklari ma’lum: Italiya, Turkiya va Chexiya pley-off finalida
Hali qiluvchi bahslar 31 mart kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi pley-off bosqichining barcha finalchilari aniqlandi. Eʼtiboringizga JCh-2026 saralash pley-off finali juftliklarini taqdim etamiz.
JCh-2026, pley-off finali juftliklari:
- Chexiya – Daniya;
- Kosovo – Turkiya;
- Bosniya va Gertsegovina – Italiya;
- Shvetsiya – Polsha.
Ushbu hal qiluvchi bahslar 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi va o‘yinlar uchta mamlakat — AQSH, Kanada hamda Meksikada o‘tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist