JCh-2026 saralashi. Ukraina safarda Ozarboyjon bilan durang o'ynadi
Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi Yevropa qit'asi o'yinlari doirasidagi Ozarboyjon hamda Ukraina jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 51-daqiqada Sudakov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, bahs yakunlanishiga 18 daqiqa qolganida Mahmudov penaltidan raqib darvozasini aniq ishg'ol qilib, o'yindagi hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi.
JCH-2026. Saralash. Yevropa
Ozarboyjon - Ukraina 1:1
Gollar: Sudakov (51), Mahmudov (72).
Ukraina - Magomedaliyev, Jafarguliyev, Krivotsyuk, Mustafazade, Badalov, Aliyev, Axmedzade, Xaybulayev, Maxmudov, Emreli, Dadashov
Ozarboyjon - Trubin, Zinchenko, Matviyenko, Zabarniy, Konoplya, Ocheretko, Kalyujniy, Bondarenko, Sudakov, Zubkov, Vanat