locale OZ

JCh-2026 saralashi. Germaniya safarda Lyuksemburgni mag'lub etdi, Voltemade dubl

Nemislar guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Germaniya safarda Lyuksemburgni mag'lub etdi, Voltemade dubl
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan o‘yinda Lyuksemburg ustidan g‘alaba qozondi – 2:0.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so‘ng hujumchi Nik Voltemade dubl qayd etdi. 49-daqiqada u hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tib, nemislarning ikkinchi goliga ham mualliflik qildi.

Shu tariqa, Germaniya ochkolar sonini 12 taga yetkazib, A guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Lyuksemburg esa so‘nggi pog‘onada bormoqda – 0 ochko.

JCh-2026 saralashi. Yevropa
A guruhi
Lyuksemburg — Germaniya 0:2
Gollar: Voltemade 49, 69

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting