locale OZ

JCh-2026 saralashi. Germaniya o'z maydonida Shimoliy Irlandiyani mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Germaniya o'z maydonida Shimoliy Irlandiyani mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Yevropada JCh-2026 saralash bahslari davom etmoqda.

O‘tgan turda kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrab, ko‘pchilikni hayratda qoldirgan Germaniya terma jamoasi 2-turda o‘z maydonida Shimoliy Irlandiyadan ustun keldi, – 3:1.

Nemislar safida gollarga Gnabri, Amiri va Virtz mualliflik qildi. Mehmonlar safida yagona gol Prays hisobiga yozildi.

Shu tariqa, Germaniya terma jamoasi saralash bosqichidagi dastlabki g‘alabasiga erishdi. Shimoliy Irlandiyada ham 3 ochko mavjud.

JCh-2026 saralashi. Yevropa. 7 sentabr

A guruhi. 2-tur

Germaniya — Shimoliy Irlandiya 3:1

Gollar: Gnabri (7), Amiri (69), Virtz (72) — Prays (34).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting