locale OZ

JCH-2026 saralashi. Fransiya o‘z maydonida Ozarbayjonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Desham shogirdlari ochkolarini 9 taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 saralashi. Fransiya o‘z maydonida Ozarbayjonni yirik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Yevropa qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida navbatdagi tur bahslari o‘tkazilmoqda.

D guruhida Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Ozarbayjonni qabul qilib, 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Natijada Desham shogirdlari ochkolarini 9 taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda. Ozarbayjon hisobida birorta ham ochko yo‘q.

JCH-2026 saralashi. 10 oktabr
D guruhi. 3-tur
Fransiya — Ozarbayjon 3:0
Gollar: Mbappe (45+2), Rabyo (69), Toven (84).
Fransiya — Menyan, Gusto, Saliba, Upamekano, Ernandes, Tyuram, Rabyo (Kamavinga, 71), Koman (Nkunku, 79), Olise (Akliush, 71), Ekitike (Mateta, 80), Mbappe (Toven, 83).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting