locale OZ

JCh-2026 saralashi. Angliya Yevropada birinchi boʻlib mundialga yoʻllanma oldi, Italiya Isroilni yirik hisobda yengdi va boshqa natijalar

Yevropada Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurash qizgʻin davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Angliya Yevropada birinchi boʻlib mundialga yoʻllanma oldi, Italiya Isroilni yirik hisobda yengdi va boshqa natijalar
FOTO: Getty Images

JCh-2026 saralash bosqichidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Jumladan, Angliya safarda Latviyaga qarshi maydonga tushib, yirik 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va Yevropa qitʼasida birinchi boʻlib mundial yo'llanmasini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Ispaniya Bolgariyani (4:0), Italiya Isroilni (3:0), Turkiya esa Gruziyani (4:1) yirik hisobda magʻlub etdi.

JCh-2026 saralashi, Yevropa qitʼasi

Latviya — Angliya 0:5

Gollar: Gordon (26), Keyn (44, pen. 45+4), Tonishevs (avt. 59), Eze (86).

Latviya — Zviyedris, Yurkovskis (Tonishevs, 46), Veyps, Chernomordiys, Balodius, Siganiks, Zelenkovs, Varslavans (Dashkevichs, 66), Vapne (Savelyevs, 74), Ikaunyeks (Grabovskis, 88), Gutkovskis (Regza, 74).

Angliya — Pikford, Spens, Stounz (Bern, 71), Konsa, Lyuis-Skelli, Anderson, Rays (Xenderson, 61), Saka (Bouen, 61), Rodjers (Eze, 60), Gordon (Rashford, 71), Keyn.

Ispaniya — Bolgariya 4:0

Gollar: Merino (35, 57), Chernev (avt. 79), Oyarsabal (pen. 90+2).

Ispaniya — Simon, Porro, Le Norman (Vivian, 72), Lyaport, Grimaldo, Merino, Pedri (Barrios, 68), Subimendi (A. Garsiya, 63), Oyarsabal, Samu (Iglesias, 46), Baena (Pino, 63).

Bolgariya — Vusov, Velkovski, Chernev, Xristov, Georgiyev, Gruyev, Shopov (Stoyanov, 84), Krastev, Minchev (Petkov, 67), Despodov (Nikolov, 67), Kirillov (Dimitrov, 67).

Italiya — Isroil 3:0

Gollar: Retegi (pen. 45+1, 74), Manchini (90+3).

Italiya — Donnarumma, Kambiazo (Spinassola 85), Di Lorenso, Manchini, Kalafiori, Dimarko, Lokatelli (Kristante 85), Tonali (Kambiagi 90+2), Barella, Retegi (Pikkoli 90+2), Raspadori (Espozito 46).

Isroil — Glazer, Dasa (Mizraxi 89), Baltaksa, Blorian, Revivo, Peres (Abu Fani 75), Biton, Glux, Xalayli (Turiel 73), Baribo (Turdjeman 72), Solomon (Shua 89).

Turkiya — Gruziya 4:1

Gollar: Yildiz (14), Demiral (22, 52), Akgyun (35) — Kochorashvili (65).

Turkiya — Chakir, Myuldyur, Demiral, Bardakchi, Elmali, Chalxano'g'lu (Ozkan 78), Yuksek, Akgyun (Ilmaz 68), Gyuler (Kokdju 68), Yildiz (Kadio'g'lu 83), Aktyurko'g'lu (Aydin 78).

Gruziya — Mamardashvili, Kakabadze, Lochoshvili, Goglichidze, Gocholeyshvili, Kiteishvili (Gagnidze 65), Mekvabishvili, Kochorashvili, Davitashvili (Lobjanidze 71), Kvaratsxeliya, Mikautadze (Zivzivadze 46).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting