JCh-2026. Saralash. Saudiya Arabistoni mehmonda Indoneziyani mag'lub qildi
Ushbu bahsda bosh hakam tomonlar darvozasiga 2 martadan penalti belgiladi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati 2026 4-saralash bosqichidan o'rin olgan Indoneziya hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu bahsda bosh hakam tomonlar darvozasiga 2 martadan penalti belgiladi. O'yindan kiritilgan yagona golga 17-daqiqada Al Shamat mualliflik qildi.
Ushbu guruhda, shuningdek, «Iroq» ham o‘rin olgan. Ochkolar hisobiga ko‘ra, 1-o‘rin mundialga yo‘llanma oladi. 2-o‘rin sohibi esa qo‘shimcha pley-off bosqichida ishtirok etadi.
JCH-2026 saralashi. 4-bosqich, «B» guruhi
Indoneziya — Saudiya Arabistoni 2:3
Gollar: Diks (pen. 11, pen, 88) — Al Shamat (17), Al Buraykan (pen. 36, 62).
Ibrohim Jalolov
Redaktor