locale OZ

JCH-2026. Niderlandiya Yaponiya bilan bahsda g‘alabani boy berdi

Bellashuvda jami 4 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Niderlandiya Yaponiya bilan bahsda g‘alabani boy berdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.06.2026, Yak.
Niderlandiya
2
Yaponiya
2

Jahon chempionati 1-turida Niderlandiya terma jamoasi Yaponiya bilan to‘qnash keldi. Jangovar kechgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Van Deyk 51-daqiqada hisobni ochdi. Nakamura olti daqiqadan so‘ng yaponlar nomidan gol urdi. 64-daqiqada Sammervill niderlandiyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ogava 89-daqiqada muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, jamoalar bittadan ochkoni bo‘lishib olishdi. Guruhning ikkinchi bellashuvida Shvetsiya — Tunis terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Jahon chempionati, F guruhi

Niderlandiya - Yaponiya 2:2

Gollar: Virjil van Deyk 51, Krisensio Sammervill 64 – Keito Nakamura 57, Koki Ogava 89.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting