JCH-2026: Kolumbiya Ganani minimal hisobda mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi
Aryas yagona golga mualliflik qildi.
ФОТО: Getty images
2026-yilgi Jahon chempionati 1/16 finalidan o‘rin olgan Kolumbiya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. AQSHning Kanzas shahridagi Arrowhead stadionida o‘tgan uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etildi va unda Kolumbiya g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvdagi hisob 14-daqiqada Jon Aryas tomonidan ochilgan edi. Luis Suarez qanotdan uzatgan to‘pni Kolumbiya yarim himoyachisi darvozaga joylab qo‘ydi.
Endi Lotin Amerika vakillari chorak final yo‘lida Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist