JCh-2026. Germaniya kambek evaziga Kot-d’Ivuardan ustun keldi
Nemislar pley-offga yo'llanma oldi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionatining «E» guruhi peshqadamlari Germaniya hamda Kot-d’Ivuar terma jamoalari uchrashuvi 2:1 hisobidagi nemislarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab Frank Kessye hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Deniz Undav raqib darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. So‘nggi daqiqalarda Undav Germaniyaning ikkinchi golini kiritdi.
Dastlabki o‘yinlarda Germaniya Kurasao ustidan yirik, Kot-d’Ivuar esa Ekvador ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan edi. Hal qiluvchi 3-turda nemislar Ekvador bilan, Kot-d’Ivuar esa Kurasao bilan kuch sinashadi.
JCh-2026. 2-tur
Germaniya – Kot-d'Ivuar 2:1
Gollar: Undav 68, 90+4 - Kesie 30