locale OZ

JCH-2026. Belgiya Misr bilan durang o‘ynadi

Kutilmagan natijalar qayd etilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Belgiya Misr bilan durang o‘ynadi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
15.06.2026, Yak.
Belgiya
1
Misr
1

Jahon chempionatining “G” guruhidan o‘rin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

AQShning Sietl shahridagi “Lumen Field” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning 20-daqiqasida Imom Ashur hisobni ochib, Misr terma jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Muhammad Hani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob tenglashishiga sababchi bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng Belgiya va Misr terma jamoalari hisobida bir ochkodan egalagan holda 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.

“G” guruhining yana bir 1-tur bahsida Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari 16 iyun kuni o‘zaro to‘qnash keladi.

Endilikda Belgiya 2-turda Eronga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Misr esa navbatdagi turda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynasa, guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini Eronga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting