JCH-2026: 28 ta ishtirokchi mamlakat nomi ma'lum bo‘ldi
Ishtirokchilar soni tobora aniqlanmoqda.
ФОТО: Getty images
Kelasi yil AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati ishtirokchilari aniqlanishda davom etmoqda.
48 ta jamoadan 28 tasining nomi ma’lum. Ro‘yxat bilan tanishing:
AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Angliya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Senegal, Kot-d’Ivuar yo‘llanma ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston, Kabo-Verde va Iordaniya JCHda ilk marotaba qatnashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist