Javohir Alijonov «Neftchi»ga o'tmoqda
Futbolchi ilk bor legionerga aylanmoqda.
Фото: Дўстлик ПФК
O‘tgan mavsumni O‘zbekiston Birinchi ligasida o‘tkazgan vinger Javohir Alijonov legionerga aylanmoqda.
Sports24.uz xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi Qirg‘izistonning “Qo‘chqor-Ota shahri bo‘lmish “Neftchi” bilan kelishuvga erishgan. Bu klubda o‘zbekistonlik murabbiy Dmitriy An ishlamoqda.
Alijonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Hojiakbar Alijonovning ukasi bo‘ladi. 2025 yilda u Birinchi ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist