Jasur Yaxshiboev faoliyatini «Lokomotiv»da davom ettiradi
Futbolchi 2025 yilning yozidan beri jamoasiz.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Jasurbek Yaxshiboev faoliyatini “Lokomotiv”da davom ettiradi.
Sports.uz nashrining xabar berishicha, Yaxshiboev “temiryo‘lchilar” bilan kelishuvga erishgan.
Futbolchi 2025 yilning yozidan beri jamoasiz. U so‘nggi bor Eronning “Nassaji” klubida to‘p surgan.
Yaxshiboev Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Sherif” safida “Real” darvozasini ishg‘ol qilgani bilan mashhur. U faoliyati davomida “Paxtakor”, OKMK, “Shaxtyor” (Belarus), “Legiya” (Polsha), “Sherif” (Moldova) va “Ordabasi” (Qozog‘iston) jamoalarida o‘ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist