Jasur Hakimov «Metallurg»da
Hakimov o'tgan yili “Sho'rtan”da o'ynagan. 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani bor.
Фото: Шўртан ПФК
Tajribali hujumchi Jasur Hakimov faoliyatini “Metallurg”da davom ettirishi mumkin.
31 yoshli forvard Proliga klubi mashg'ulotlariga qo'shilgan. Katta ehtimol bilan u bekobodliklar bilan bitim imzolaydi.
Hakimov o'tgan yili “Sho'rtan”da o'ynagan. 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani bor. Bunga qadar “Lokomotiv” bilan Proligada qatnashgan edi.
Hakimov faoliyati davomida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Sog'diyona”, “Turon” va “Buxoro” jamoalarida ham to'p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist