locale OZ

Janluiji Donnarumma France Football nashri tomonidan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi

Italiyalik darvozabon Martinesning rekordini takrorladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janluiji Donnarumma France Football nashri tomonidan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi
Photo: gettyimages

Donnarumma ikkinchi marta France Football nashridan Yashin kubogini qo'lga kiritib, Martinesning rekordini takrorladi.

Janluiji Donnarumma France Football nashri tomonidan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
"Manchester Siti" darvozaboni, sobiq "PSJ" posboni "Oltin to'p"ni topshirish marosimida Lev Yashin kubogini oldi.

Bu italiyalikning ushbu toifadagi ikkinchi g‘alabasi; u birinchi marta 2021 yilda g'alaba qozongan. Donnarumma shu kungacha ikkita sovrinni qo'lga kiritgan yagona futbolchi Emiliano Martinesning rekordini takrorladi.

Boshqa kuchli beshlikka Alisson (“Liverpul”), Yann Sommer (“Inter”), Tibo Kurtua (“Real”) va Yasin Bunu (“Al-Hilol”) kirdi.

“Chelsi” futbolchisi Xanna Xempton eng yaxshi ayollar darvozaboni deb topildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting