locale OZ

Jamshid Iskanderov: «Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi. Bunday infratuzilma kerak deb o‘ylayman»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamshid Iskanderov: «Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi. Bunday infratuzilma kerak deb o‘ylayman»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ertaga bo‘lib o‘tadigan Umonga qarshi o‘yin oldidan OFA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz, yigitlar ham sekin-asta qo‘shilmoqda. Maqsadimiz ertaga chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilamiz.

Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi. Bunday infratuzilma kerak deb o‘ylayman.

Mashg‘ulot jarayonlarida 5 talik ham, 4 talik sxema ham qo‘llanildi. Hujumkor o‘ynaymiz, har bir raqibni hurmat qilish lozim. Har bir o‘yinga yuz foiz tayyorgarlik ko‘rib g‘alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Jamshid Iskanderov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting