Jambuli Jigauri «Qizilqum» bilan hamkorlikni davom ettiradi
Superliga-2025da Jambuli 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Фото: Қизилқум ПФК
Navoiyning “Qizilqum” klubi yetakchi o‘yinchilar bilan kelishuvlarni uzaytirmoqda.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, gruziyalik 33 yoshli Jambuli Jigauri ham "oltin izlanuvchilar" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Tomonlar kelishuvga erishgan va Jigauri qolgan takliflarga qaramay, Navoiyda qolishga qaror qildi.
Superliga-2025da Jambuli 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
"Qizilqum" bundan avval Bobomurod Bozorov va Samandar Shukrullaev bilan ham shartnomani uzaytirgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist