locale OZ

Jaloliddin Masharipov milliy jamoa tarkibidan chiqarildi

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jaloliddin Masharipov milliy jamoa tarkibidan chiqarildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Masharipov uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qolgan va mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok eta olmagan. Futbolchini tezroq safga qaytarish va tiklash maqsadida tibbiy shtab tomonidan zarur choralar ko‘rildi va individual tayyorgarlik dasturi asosida ish olib borilgan.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar tahlili FIFA tibbiy qo‘mitasiga taqdim etilgan. Qo‘mita holat yuzasidan o‘rganish olib borib, futbolchining Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. Uning o‘rniga yakuniy ro‘yxatga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.

“Jaloliddin Masharipovga tezroq sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting