locale OZ

Jaloliddin Jumaboyev «Dinamo» bilan shartnomasini uzaytirdi

U "Dinamo" tarixidagi eng yaxshi natijaning takrorlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jaloliddin Jumaboyev "Dinamo" bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" PFK shartnomasi yakuniga yetayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

Jamoaning yetakchi himoyachilaridan biri Jaloliddin Jumaboyev bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Jaloliddin Vadim Abramov qo‘l ostida mavsum davomidagi ishonchli va barqaror o‘yinlari bilan murabbiylar, muxlislar ishonchini oqladi hamda "Dinamo" tarixidagi eng yaxshi natijaning takrorlanishiga katta hissa qo‘shdi.

"Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Jumaboyev barqaror o‘yini, mehnatkashligi va gollari bilan Vadim Abramov boshqaruvidagi "Dinamo"ning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo‘shadi", - deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting