locale OZ

Jahonning eng kuchli shaxmatchilari Futbol bo'yicha Jahon chempionatida kimga muxlislik qilmoqda?

Sizchi, guruh bahslarida O'zbekistondan tashqari yana kimga muxlislik qilyapsiz? Izohlarda yozing!
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahonning eng kuchli shaxmatchilari Futbol bo'yicha Jahon chempionatida kimga muxlislik qilmoqda?
photo: Chess Uzbekistan

Jahonning eng kuchli shaxmatchilari Futbol bo'yicha Jahon chempionatida kimga muxlislik qilmoqda?

Kim nimani tanladi?

Xans Niman: "Amerika!"

Arjun Erigaysi: "Men futbolni unchalik kuzatmayman, lekin o'zbekistonlik do'stlarim bor. Eshitishimcha, bu O'zbekistonning Jahon chempionatidagi debyuti ekan. (Ularga muxlisman!)"

Ding Liren: "O'ylashimcha, yakunda Fransiya g'alaba qozonsa kerak."

Fabiano Karuana: "Men AQSh degan bo'lardim. Agar Italiya ham qatnashganida o'ylab ko'rardim, lekin ular chiqa olmagani uchun — AQSh."

Divya Deshmux: "Boshida Braziliyaga muxlislik qilayotgan edim, lekin endi Argentina."

Uesli So: "Menga Germaniya yoqadi, lekin albatta AQShni qo'llab-quvvatlashim kerak."

Vey Yi: "Argentina!"

Vladislav Artemyev: "Futboldan uncha xabarim yo'q. Yoshligimda o'zim ham havaskor darajada o'ynashni yaxshi ko'rardim. Tomoshabin sifatida... balki Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatlarman."

Sizchi, guruh bahslarida O'zbekistondan tashqari yana kimga muxlislik qilyapsiz? Izohlarda yozing!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting