locale OZ

Jahon chempionatining pley-offiga yo'l olgan ilk jamoa nomi ma'lum

Meksika 2022 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichida qolib ketgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatining pley-offiga yo'l olgan ilk jamoa nomi ma'lum
ФОТО: Getty images

Meksika terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining ikkinchi turida Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa, Xaver Agirre shogirdlari musobaqadagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritib, pley-off bosqichiga chiqqan ilk jamoaga aylandi.

Ma'lumot uchun, Meksika birinchi turda Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Ular ikki o'yindan so'ng 6 ochko to'plagan holda “A” guruhida muddatidan oldin birinchi o'rinni egallashi ma'lum bo'ldi. Ular 3-tur bahsida Chexiyaga qarshi o'ynaydi.

Meksika 2022 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichida qolib ketgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting