locale OZ

Jahon chempionatining ishtirokchilari soni 30 taga yetdi

Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatining ishtirokchilari soni 30 taga yetdi
ФОТО: Getty images

Futbol bo'yicha Yevropa chempionati saralashining navbatdagi o'yinlari 14 noyabr, juma kuni bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, Xorvatiya terma jamoasi Farer orollarini mag'lub etib (3:1), mundialga yo'l oldi. Shu tariqa, jahon chempionatining 48 ishtirokchisidan 30 nafari aniqlangani ma'lum bo'ldi.

Turnirning final qismida AQSH, Meksika, Kanada, Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Argentina, Braziliya, Ekvador, Yangi Zelandiya, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d'Ivuar, Senegal, Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari ishtirok etishi aniqlangan.

Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha jahon chempionati 2026 yilda Kanada, AQSH va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting