locale OZ

Jahon chempionati saralash. Hal qiluvchi ikki o'yinning boshlanish vaqtlari ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionati saralash. Hal qiluvchi ikki o'yinning boshlanish vaqtlari ma'lum
Photo: gettyimages

Jahon chempionati saralash bahslarining so'ngi ikki o'yini uchun uchrashuvlar boshlanadigan sana va vaqt ma'lum qilindi.

5-iyun kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 3-saralash bosqichi doirasida safarda BAAga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, bahs Abu-Dabi shahridagi “Al Nahyan” stadionida tashkil etiladi.

Uchrashuv starti 21:00 ga belgilangan.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamizning JCh-2026 3-saralash bosqichi doirasida soʻnggi uchrashuvga oid maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, 10-iyun kuni Qatarga qarshi bahs “Bunyodkor” stadionida oʻtkaziladi.

Oʻyin soat 18:45 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting