Izzat Tursunov Eshxatada qoladi
Shartnoma mavsum yakunigacha uzaytirildi.
Фото: Эсхата
O‘zbekistonlik darvozabon Izzat Tursunov faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.
Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, u "Eshxata" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Tursunov 2025 yilda shu klub safida o‘ynagan. Tojikiston kubogi yarim finalida qahramonlik ko‘rsatgan edi.
"Eshxata" yaqinda Sergey Proxorovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Shuningdek, Sanjar Rihsiboyev ham "bankirlar" safida to‘p surmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist