locale OZ

Iysa Malki: «Bizda o‘zbek jamoalari haqida aniq tasavvur yo‘q»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iysa Malki: «Bizda o‘zbek jamoalari haqida aniq tasavvur yo‘q»
Photo: Andijan PFK

Shuningdek, “Andijon” joy olgan “B” guruhida Qatarining “Al-Ahli” klubi ham bor. Jamoamiz bilan bir guruhga tushgan “Al-Ahli” boshqalar qatori muxlislarda katta qiziqish uyg‘otayotgani bor gap.

Qur’adan so‘ng klub matbuot xizmati “Al-Ahli” media ofiseri Iysa Malki bilan suhbatda bo‘ldi.

— “B” guruhi haqida fikringizni bilmoqchiman.
— Qur’a natijasi adolatli bo‘ldi, hammasi yaxshi. Bizga yaxshi jamoalar tushdi. O‘yinlarni intiqlik bilan kutib qolamiz. Xudo xohlasa, biz shu yerda bo‘lamiz.

— Guruhda Markaziy Osiyodan ikkita jamoa. "Andijon” va futbolimiz haqida fikringiz qanday?

— Bizda o‘zbek jamoalari haqida aniq tasavvur yo‘q. Chunki biz birinchi marta OCHLda qatnashyapmiz. Qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyuramiz. Ko‘ramiz, bizning klub guruhdan chiqadimi? Men sizlarning jamoangiz haqida birinchi marta eshityapman, Xudo xohlasa, bu yaxshi klub.

— Guruhda asosiy favorit kim?
— Menda jamoalar haqida hech qanday taassurot yo‘q. Ilgari bu jamoalarga qarshi o‘ynamaganmiz. Balki Bahrayn klubi bilan to‘qnash kelgandirmiz. Bilishimcha, yaxshigina to‘qnashuv bo‘ladi. O‘yin sanalarini aniq bilganimizdan keyin jamoamizni tayyorlaymiz.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting